22-BILET

1. “Yoqub Ahmedov” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.

2. Berilgan gaplarga har yoki hech soʻzlaridan mosini qoʻyib yozing.

. faslning oʻz ziynati bor, ... faslning oʻz tarovati.

Savob ishni ... kim ... kun qilishi kerak.

Biz ... kimdan kam emasmiz.

. yerni qilma orzu, ... yerda bor toshu tarozu.

3. Mardlik deganda nimani tushunasiz? Soʻzlab bering.

23-BILET

1. “Sharafli burch” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.

2. Berilgan birikmalardan foydalanib, gaplar tuzing va yozing.

Yaxshilarga intilib, kattalarga taqlid qilib, yomondan qoch, aqllidan

oʻrgan, savodxon biladi, ojizlarga koʻmaklashdi, intilganga ergashish.

3. “Bugungi ishni ertaga qoldirma” maqolining mazmunini tushuntirib bering.

24-BILET

1. “Odobli boʻling” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.

2. Sifatdoshli birikmalarni ajratib yozing.

Kitobga yozilgan, kitob oʻqilgan, oʻqilgan kitob, bizning maktab,

jihozlangan uy, qishloqda tugʻilgan.

3. Sogʻlik haqidagi maqollardan 2 tasini aytib bering va ma’nosini tushuntiring.

25-BILET

1. “Ona – ulugʻ zot” matnini oʻqing, matn mazmunini soʻzlab bering.

2. Berilgan soʻzlar yordamida soʻz birikmalari tuzing.

Javon, stol, stul, divan, gilam, taom, non, ovqat,

jigarrang, katta, qizil, yumshoq, mazali, issiq, shirin.

3. Qanday xalq amaliy san’at turlarini bilasiz? Ma’lumot bering

26-BILET

1. “San’at” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.

2. Nuqtalar oʻrniga kerakli qoʻshimchalarni qoʻyib koʻchiring.

Aqlli oʻzi... ayblar, aqlsiz – doʻsti... .

Yaxshi... bogʻ qoladi, yomon... dogʻ.

Bir katta... gapi... kir, bir kichik... .

3. “Men kelgusida ... boʻlmoqchiman, chunki...” orzularingiz haqida soʻzlab

bering.

27-BILET

1. “Me’moriy obidalar” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.

2. Berilgan gaplarga mos savollar yozing.

- _

- Maktabimizda shaxmat, basketbol, boleybol, futbol toʻgaraklari bor.

- _

- Sport sogʻlom va baquvvat boʻlishga yordam beradi.

3. “Doʻstimni hurmat qilaman, chunki...” sababini misollar bilan tushuntiring.

28-BILET

1. “Iqtidorli va iste’dodlilar taqdirlanmoqda” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering

2. Berilgan soʻzlarning sinonimini yozing va ma’nosini tushuntiring.

Ozoda, xushchaqchaq, toʻgʻrisoʻz, keksalik, chiroyli, bilimli.

3. Ilmsiz inson mevasiz daraxt deganda nimani tushunasiz. Izohlang.

29-BILET

1. “Orzular qanotida” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.

2. Nuqtalar oʻrniga mazmuniga mos kirish soʻzlarni qoʻying.

., men uni ertaga koʻraman.

., futbol jamoamiz musobaqada yutqazib qoʻydi.

3. Mehmon kutish odobini qanday tushunasiz. Misollar bilan soʻzlab bering.

30-BILET

1. “Yoshlikdagi orzular” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob

bering.

2. Gaplardagi undalmalar qaysi soʻzlar bilan ifodalanganini aniqlang va qavs ichiga yozing.

Ahmadjon, kitobingizdan foydalansam boʻladimi?

Hoy sen, menga qara-chi.

Shunday demaysizmi, azizim, quloq soling soʻzimga.

Toʻrtinchi, birinchiga javob bering.

3. Haqiqiy doʻst qanday boʻlishi kerak? Tushuntirib bering.

Всего ответов: 3

Другие вопросы по Другим предметам

Знаешь правильный ответ?
22-BILET1. “Yoqub Ahmedov” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.2. Berilgan gaplar...

Вопросы по предметам